8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Quvasoylik tadbirkor, “Ellycardin Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Akramova Mashxura Zafarjon qizi ham Prezident Farmoniga ko‘ra “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
M.Akramovani yuksak mukofot bilan samimiy qutlab, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.