Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
852025-03-04 14:06

Quvasoy shahar “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608583785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608587370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608589760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608590955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608593345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608594540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608596930.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2080589608598125.jpg
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov boshchiligidagi yig‘ilishda korxona va tashkilot rahbarlari hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdilar. Yig‘ilish avvalida yurtimizga muborak Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan mahallalardagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olish, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish, bu borada mahalla yettiligi vakillari o‘z vazifasini sidqi dildan bajarishlari lozimligi haqida so‘z bordi. Shahar hokimi tomonidan mahallalarda obodonlashtirish ishlari qoniqarli emasligi tanqid qilindi. Xususan, shahardagi H.Olimjon, Guliston, Cho‘lpon, M.Ulug‘bek hamda Yoshlik mahallalari o‘rganilganda obodonlashtirish ishlarini talab darajasida bajarilmagani, xonadonlar, ko‘chalar tozaligi lozim darajada bo‘lmagani, yo‘l bo‘yidagi manzarali daraxtlarga mavsumiy ishlov berish va oqlash ishlari bajarilmagani va bu borada “Mahalla yettiligi” vakillari aholi o‘rtasida yetarlicha targ‘ibot ishlarini olib bormagani aytib o‘tildi. “Mahalla yettiligi” vakillari o‘z hududida aholi xonadonlarini birma bir o‘rganish orqali ularning muammolarini aniqlashlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘mak berishi va bu borada zaruriy yordamlar ko‘rsatishlari lozimdir. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar va Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan katta islohotlarga daxldor bo‘lgan holda xalq manfaati va farovonligi yo‘lida mehnat qilish har bir davlat idorasi xodimining ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz