Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Shahar tarixi

/images/quvasoy.png
Quvasoy shahri – Farg'ona vodiysi tekisligida joylashgan bo'lib, Shimoliy tomoni Farg'ona viloyatining Quva, Toshloq tumanlari bilan, Janubiy va g'arbiy tomonlari Farg'ona shahri va Farg'ona tumanlari, Sharqiy hududi Qirg'iziston Respublikasining Batken viloyati qizil-qiya shahri bilan chegaradoshdir.
Umumiy er maydoni 264 kv. km, 31 ta mahalla fuqarolar yig'inida 100 mingga yaqin aholi bo'lib, 57,6 % shaharda, 42,4% qishloqlarda istiqomat qiladi. 15 dan ziyodroq turli millat vakillari, 43% dan ortig'ini o'zbeklar, 32,3% tojiklar, 14,5% qirg'izlar va qolganini rus, koreys, tatar, uyg'ur, ukrain, qozoq kabi Millatlar tashkil etadi.
Hozirda 5 ta yirik sanoat korxonalari: "Quvasoytsement" AJ, "kvars" AJ, "QUVASOY SHIFER HRIZOTIL" MCHJ, "Elektroqishloqqurilish" korxonasi, "FERGANACEMENT" MCHJ korxonalari faoliyat yuritadi. Bu sanoat korxonalarida tsement, shifer, qurilish oynalari, temir-beton mahsulotlari va shisha idishlar ishlab chiqariladi. Temir yo'l stantsiyasi mavjud.
Iqlimi butun Farg'ona vodiysi kabi kontinental. Qish yumshoq, ba'zida qattiq, yanvar oyida -20 o S bo'lishi mumkin. Qorli mavsum uzoq bo'lmaydi. Yozi issiq, iyulning o'rtacha harorati 28 o S, eng yuqori darajasi 41,5 os tashkil etadi. Quvasoyning tabiiy iqlimi issiqsevar qishloq xo'jaligi ekinlari, meva hamda sabzavotlar uchun juda qulay. Quvasoyning gilos hamda olmalari O'zbekistonda, qolaversa jahon mamlakatlarida xaridorgir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!