☀️Quvasoy shahar “Do‘stlik” MFY da joylashgan “Vodiy gavhari” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida bolalar maroqli hordiq olishmoqda
#Dolzarb_90_kunlik
☀️Quvasoy shahar “Do‘stlik” MFY da joylashgan “Vodiy gavhari” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida bolalar maroqli hordiq olishmoqda
Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan sohaga oid videoselektor yigʻilishida yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan.
🌈Bugungi kunda "Vodiy gavhari " yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida 230 nafar bolalarga 28 nafar malakali tarbiyachilar ta’til davrini maroqli o‘tkazishga ko‘maklashmoqdalar.
➡️Oromgohda "Ingliz tili", "Kubik-rubik", "Karaoke", " Media", " Qum", " Lego" kabi klublar, basseyn, fan va sport to‘garaklari hamda kitobxonlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
✅Ma’lumot o‘rnida, oromgohga qabul qilingan bolalar har 12 kun davomida 4 marotaba navbat almashadi.