Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1832025-06-11 18:38

Quvasoy shahrida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688443260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688450430.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688452820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688455210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688455210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688456405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688457600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830688458795.jpg
Respublika ishchi guruhi, shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tashabbusi Quvasoy shahar “Zebuniso” madaniyat uyida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. ✅Tadbirga shahardagi ishsiz xotin-qizlar va yoshlar, migrantlar va jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolar jalb qilinib, korxona, tashkilotlar va xususiy sektorlardagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. ✅Tashkilotchilar tomonidan mehnat yarmarkasining ahamiyati, ish istagidagi fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 📝Tadbirda ishtirok etganlar shahardagi korxona va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, munosib o‘rinlarga ishga joylashdi. 🎚️Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” tadbiri doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir. Tibbiy ko‘rik davomida terapevt, kardiolog, oftalmolog, lor, xirurg kabi mutaxassislar fuqarolarni qabul qilib, kerakli tavsiya va bepul dori darmonlarni berildi. 🟡Bunday sa’y-harakatlar aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni rasmiy ish o‘rinlariga joylashishida muhim o‘rin tutmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz