Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1672025-06-11 18:31

Quvasoy shahrida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204611660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204614050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204615245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204616440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204617635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204621220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204622415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2090830204624805.jpg
Quvasoy shahrida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishi hamda iste’molining oldini olish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni samarai tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir shahardagi “Sementchi” o‘yingohida o‘tkazilib, unda mahalla ahli va yoshlar faol ishtirok etdilar. Targ‘ibot tadbiri doirasida fuqarolarga giyohvandlikning sog‘liq va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararli ta’siri, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilarga tegishli mutaxassislar tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar, flayerlar, bukletlar tarqatildi, profilaktik tavsiyalar berildi. Shuningdek, maxsus o‘rnatilgan ekran orqali ogohlikka da’vat etuvchi videorolik namoyish etilib, bunday illatlardan yiroq bo‘lish zarurligi yana bir bor eslatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz