Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan Quvasoy shahrida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
#Respublika_ishchi_guruhi
#Hududlarda
⏺Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan Quvasoy shahrida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
✅Xususan, ishchi guruhi shaharning chekka hududida joylashgan Nayman MFY da bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi. Ularning ijtimoiy va infrastruktura masalalari bo‘yicha murojaatlarini tingladi.
🟢15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
➡️Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim infrastruktura masalasidagi muammolar nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
⏺Bu kabi tashriflar hamda aholi bilan yuzma-yuz uchrashish orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, xalq manfaati va roziligi uchun xizmat qilmoqda.
✅Ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda…