🎉G‘alaba muborak – aziz quvasoyliklar!
📢Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/quvasoy_hokimligi/32559) “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining Farg‘ona viloyat bosqichida mini futbol bo‘yicha Quvasoy shahar jamoasi Qo‘qon shahar jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
⚽️O‘yinning ilk daqiqalaridanoq har ikkala jamoa a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etdi. Xavfli hujumlar soni bo‘yicha quvasoyliklar peshqadamlik qilib, o‘yinning birinchi bo‘limida raqib jamoasi darvozasiga gol kiritdilar.
✅Ikkinchi bo‘lim boshida quvasoyliklar ikkinchi golni kiritib hisobni yirik holga keltirdi.
➡️Goldan keyin har ikkala jamoa a’zolari hujumga zo‘r berdi. Qo‘qon jamoasi ham bo‘sh kelmay hisobni 2:1 ko‘rinishiga qisqartirdi.
🟡O‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoamiz hujumchilari tomonidan kiritilgan so‘nggi gol g‘alaba keltirib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma olishga sabab bo‘ldi.
🏆Shu tariqa “Quvasoy” jamoasi 3-1 hisobida “Qo‘qon” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.
🟢Uchrashuv yakunida, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar DXX rahbari hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mo‘sinjon Mexmonovlar jamoa a’zolarini munosib g‘alaba bilan tabrikladilar.
🇺🇿Jamoa a’zolari o‘z ustida muntazam shug‘ullanishlari, mazkur musobaqaning keyingi bosqichlarida viloyat sharafini munosib himoya qilib, g‘alaba qozonishlari lozimligi, buning uchun ularga barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi alohida ta’kidlandi.
🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati